Chempionlar Ligasida g‘alabadan so‘ng, Luis Enrike marhum farzandini xotirladi

  • 1 iyun, 09:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike vafot etgan qizi bilan bog‘liq his-tuyg‘ulari haqida so‘zlab berdi. Ispaniyalik mutaxassisning 9 yoshli qizi Ksana 2019 yilda osteosarkoma (suyak saratoni) kasalligidan vafot etgan edi.

Tecno

"Qizim Ksana hayotdan ko‘z yumganidan beri doimo men bilan birga. U bu erda jismonan yo‘q, lekin ruhi doimo men bilan.

Chempionlar Ligasi g‘alabasi menga uni yaqinroq his qildirmaydi, aksincha mag‘lubiyat paytida uni yanada kuchliroq his qilaman. Men doimo uni his qilaman, g‘alaba bu tuyg‘uni o‘zgartirmaydi. Men yashashni istayman — qizim hayotimga olib kirgan barcha yaxshi narsalarni yodda tutgan holda", — dedi PSJ bosh murabbiyi "Inter" ustidan 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!