Chempionlar Ligasi nimchorak final qur’asi: g‘oliblar va mag‘lublar

  • 20 dekabr, 2020, 10:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga qur’a tashlandi. Undagi juftliklar muxlislarga qish so‘ngi va bahor avvalida shiddatli qarama-qarshiliklarni hadya etdi. Pley-off bosqichining har bir bellashuvi final maqomida. Omad kelmas ekan, eng kuchli jamoalar ham qiyinchilikka uchraydi. Bu gal tashlangan qur’ada ham qaysidir jamoalar yutdi, boshqalari yutqazdi. Ular xususida so‘z yuritamiz. 

Tecno

photo_2020-12-20_02-06-11

G‘olib: “Real”

Doimgidek, qur’alar “Real” uchun muvaffaqiyatli keladi. Albatta, hazil. “Qirollik klubi” bunday omadga dohil bo‘lishida guruh bosqichining so‘nggi turlardagi irodali o‘yinlar namoyish etib, guruhni birinchi o‘rinda yakunlagani asosiy o‘rin tutadi. Agar ular karvonboshilikni germaniyalik raqiblariga boy berganda, ushbu qur’ada “Bavariya” yoki “Manchester Siti”ga raqib bo‘lmaslikni istab, yurak hovuchlab o‘tirardi. Tan olishimiz lozimki, yangi shakllanayotgan madridliklar hozir ushbu ikki jamoa darajasida emas. 

EChL o‘tgan mavsumining haqiqiy kashfiyotiga aylangan va yangi mavsumga ham deyarli o‘sha tarkib bilan kelgan klubga qarshi nimchorak finalda to‘qnash kelishning nimasi yutuq? Sababi, hozir bosh murabbiy Jan-Pero Gasperini va jamoa “yuragi” Alexandro Gomes o‘rtasida jiddiy kelishmovchilik mavjud. Uning jamoani tark etishi deyarli aniq bo‘lib bormoqda. Shunday etakchisidan ayrilgan jamoaga qarshi “qaymoqranglilar” ancha erkin harakat qilishi aniq. 

wxL-oT0m

Mag‘lub: “Chelsi”

“Aristokratlar” Andalusiyada Jiru tomonidan kiritilgan 4 ta gol bilan guruhni birinchi o‘rinda yakunladi va ularning xayolida nimchorak final biroz engil o‘tishi kerakdek edi. Falakning gardishini qarangki, butun Evropa grandlari pley-offda to‘qnash kelishni istamaydigan “Atletiko” ular qarshisida. Boz ustiga, klub joriy mavsumdagi barqaror o‘yinlari orqali La Ligada karvonboshilik qilmoqda. Simeone shogirdlari faqat “Madrid derbisi”ni boy berdi. 

Bu klubni engish uchun sizda kuchli taktik bilim, ulkan ishtiyoq va Krishtianu darajasidagi fenomenal hujumchi bo‘lishi kerak. Aks holda, kim bo‘lishingizdan qat’iy nazar, ularni nimchorak finaldayoq turnirdan chiqarib yubora olmaysiz. Ishonmasangiz, “Liverpul”dan so‘rang!

EpTRgBEXEAA90Mc

G‘olib: “Manchester Siti”

“Shaharliklar” o‘z guruhini ortiqcha qiyinchiliklarsiz engishga muvaffaq bo‘ldi va evaziga “Borussiya” Myunxengladbaxga raqib bo‘lish bilan mukofotlandi. To‘g‘ri, Marko Roze shogirdlari guruh bosqichida “Real”ni ortda qoldirgan holda, pley-offga g‘olib jamoa sifatida tashrif buyurishiga bir bahya qoldi. Ammo ular guruhning grand jamoalarini mag‘lub eta olmadi. G‘alabalar faqat “Shaxtyor” bilan o‘yinlarga borib taqaladi. Demak, ularni mukofot sifatida qabul qilish mumkin. 

Gvardiola shogirdlarini oyog‘idan tortishi mumkin bo‘lgan yagona jihat bu - vaziyatlardan foydalana olmaslik. Balki, nimchorak final bahslari boshlanguncha, asosiy hujumchi Kun Aguero safga qaytib, ushbu muammo ham bartaraf etilar. 

Epm5UnzXIAAKpNs

Mag‘lub: “Latsio”

“Latsio” guruh bosqichida oson o‘yin o‘tkazmadi. Har bir bellashuvda qonli janglarda ishtirok etishga majbur bo‘ldi. To‘rtlik g‘olibi “Borussiya” Dortmundga har ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay, yakunda 2-pog‘onadan o‘rin oldi. Bu kabi og‘ir guruhdan chiqib kelgan jamoa qarshisidan chiqqan ilk raqib amaldagi chempion “Bavariya” bo‘ldi. Aksiga olgandek, klubning A Seriyadagi ishlari ham bu mavsum bir tekisda emas. 12 ta turda 18 ochko to‘plagan Simone Inzagi shogirdlari 9-o‘rinda bormoqda. 

Rimliklarning imkoniyatlarini past baholamoqchi emasmiz. Ammo ular “Bavariya” bilan solishtiradigan darajadagi holatda emas. 

EoyI0RgXIAEbfEp

G‘olib: “Yuventus”

O‘z guruhini yutgan har qanday jamoa nimchorak finalda “Portu”ga raqiblik qilishni istashi aniq edi. 16 ta klub orasidagi eng kamtarona tarkibga ega bo‘lgan jamoa yangi shakllanayotgan “Yuventus”ning EChL muhitini yanada yaxshiroq his etib olishi uchun ayni muddao. Vaholanki, portugallar 6 ta tur yakunlariga ko‘ra, 3 tagina gol o‘tkazib, eng yaxshi ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi. 

Qur’a Andrea Pirloga murabbiy sifatidagi birinchi mavsumidayoq, Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqish imkonini taqdim etmoqda.

Yana bir tarafdan Chempionlar Ligasi, “Portu” va Ronaldu nomlari ko‘pchiligimizni 2009 yilda 40 metrlar masofadan urilgan gol xotiralariga undaydi. Nostalgiya!

EpbcssDXIAE38nW

Mag‘lub: PSJ

Parijliklarni tushunishga harakat qiling. Ular birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun MYudan o‘ch olgan paytda nimchorak finalda “Barselona” ularga raqiblik qilishini tushida ham ko‘rmagan edi. Tarkibingda Messi bor ekan, muammolaring dunyoni bossa ham, sen yaqqol autsayder emassan. Ustiga-ustak, “Kamp Nou”ga tashrif buyurgan PSJ futbolchilarining aksariyatida dahshatli kambek xotiralari saqlanib qolgan va ularga ushbu stadion haqidagi noxush o‘ylar halaqit berishi mumkin. 

Ha, bu voqeadan keyin ko‘p narsalar o‘zgardi. Neymar va Mbappe klubni mutlaqo boshqa darajaga ko‘tarishga erishdi. Ammo kim biladi deysiz, Neymar fevralga jarohatlarsiz etib boradimi, Killian o‘zining super o‘yinini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladimi?! Nega faqat ular haqida gapirmoqdamiz? Chunki, Tuxel murabbiy sifatidagi ishlari bilan ko‘zga tashlanayotgani yo‘q. Taktik bilimlar tomonidan Ronald Kuman undan ustunroq. Futbolchilarining individual mahorati evaziga natija qayd etayotgan nemis mutaxassisi nimchorak finalda ularsiz qolmaslikni o‘ylab uxlolmay chiqsa, ajab emas. 

EpZQKdPXEAY9bd4

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!