
Chempionlar ligasi bo‘yicha muhim ma’lumot
Chempionlar ligasining bu mavsumida eng kuchli to‘rtta jamoa qoldi. Chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan “Manchester Siti” final yo‘llanmasi uchun “Real” bilan bellashadi.
Shov-shuvli tarzda “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Vilyarreal” hal qiluvchi bahs yo‘llanmasi uchun “Liverpul” qarshiligini sindirishi kerak bo‘ladi.
UEFA yarim final muddatlarinie’lon qildi. Unga ko‘ra, Xosep Gvardiola shogirdlari 26 aprelga belgilangan birinchi uchrashuvda madridliklarni qabul qiladi. “Santyago Bernabeu”dagi javob bahsi 4 mayga qo‘yildi.
Ikkinchi yarim finalning birinchi uchrashuvi ham Angliyada bo‘ladi. 27 aprel kun “Liverpul” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Vilyarreal” bilan bellashadi. Ispaniyadagi javob o‘yini 3 mayga qo‘yilgan.
Chempionlar ligasining finali 28 may kuni Frantsiyadagi “Stad de Frans” arenasida tashkil etiladi.
Fikrlar