Chempionlar ligasi 6-turdan keyin to‘purarlar va asistentlar ro‘yxatida kimlar etakchi?

  • 12 dekabr, 2024, 15:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Chempionlar ligasining ortda qolgan 6 ta tur sarhisob qilindi. To‘purarlar poygasida Robert Levandovski 7 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. Rafinya va Girassi 6 tadan gol urib, ikkinchi va uchinchi joylarni band etib turishibdi. Harri Keyn va Vinisius Junior 5 martadan raqib darvozasiga yo‘l topishgan.

Tecno

Golli uzatmalarda Markos Lorente, Igor Payshao, Muhammad Saloh, Jeremi Frimpong va Sharl De Ketelarelar 4 tadan asist amalga oshirishdi.

Eng ko‘p golni “Barselona” (21 ta), “Borrusiya Dortmund” (18 ta) va “Bavariya” (17 ta) klublari kiritishgan.

 Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 7-tur o‘yinlariga keyingi yilning 21-yanvarida start beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!