Chempionlar jamlangan "Yuventus" futbolchilari haqida kichik statistika

  • 27 iyul, 2020, 03:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" Italiya A Seriyasi 36-turida muddatidan oldin chempionlik unvonini rasmiylashtirib, ushbu g‘oliblikni 36-marotaba qo‘lga kiritdi.

Tecno

Turinliklar darvozaboni Janluiji Buffon A Seriya o‘n karra chempion bo‘ldi. Himoyachilar Leonardo Bonuchchi va Jorjio Kellinida esa skudettolar soni to‘qqiztani tashkil qiladi.

Shuningdek, Kellini g‘oliblikka to‘qqiz marta ketma-ket erishgan va ushbu mavsumlarda kamida bir marta  maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.

Yarim himoyachi Duglas Kosta so‘nggi 11 mavsumda 10 marotaba chempionlikni nishonladi. U beshta marta "Shaxtyor", ikki bor "Bavariya" va uchta marotaba "Yuventus" bilan bosh sovringa ega chiqdi. 

Krishtianu Ronaldu o‘zining 31-unvonini qo‘lga kiritdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!