Chempion murabbiy “Manchester Yunayted”ga yordam berishdan bosh tortdi

  • 5 oktabr, 2024, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum “Inter”ni Italiya chempioniga aylantirgan Simeone Indzagiga Angliya Premer-ligasidan taklif tushdi.

Tecno

Erik ten Xagning ishidan qoniqmayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati italiyalik mutaxassisni oktyabr oyidagi FIFA kunlari davomida jamoani boshqarishga chaqirdi.

Jurnalist Tankredi Palmerining ma’lum qilishicha, Indzagi bu taklifga rad javobini bergan.

Ayni paytda manchesterliklar niderlandiyalik murabbiy o‘rniga  munosib nomzod qidirmoqda.

Klub afsonasiga aylangan ser Aleks Fergyuson sobiq jamoasiga Massimiliano Allegrini olib kelishni tavsiya qildi. Klub xo‘jayinlari esa, ishsiz yurgan boshqa murabbiy – Tomas Tuxelga qiziqish bildirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!