
Chempion jamoa ikki o‘yinchidan voz kechdi
Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan Italiya chempionatida g‘olib chiqqan “Napoli” yozgi transferlar davrida tarkibini tartibga solish bo‘yicha ish boshladi.
Neapolliklar murabbiylar shtabining kelajakdagi rejalariga kiritilmagan Jovanni Simeone va Siril Ngonj bilan xayrlashadigan bo‘ldi.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, hujumkor futbolchilarning har ikkisi yozda transferga qo‘yiladi.
Jovanni Simeone mavsum davomida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. 29 yoshli argentinalik hujumchi 8 million evroga baholanmoqda.
Siril Ngonj esa, Antonio Nonte jamoasida 21 ta o‘yin o‘tkao‘ib, atigi ikkita to‘p kiritdi. 24 yoshli belgiyalik vingerning transferi 10 million evro turadi.
Fikrlar