Chempion degan mana shunaqa bo‘ladi!

  • 18 may, 2024, 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya chempionatining navbatdagi mavsumi rasmay yakunlandi. Bundesliga g‘olibligi “Bavariya”ning o‘n yillik gegemonligiga barham bergan Leverkuzenning “Bayer” jamoasiga nasib qildi.

Tecno

Xabi Alonso shogirdlari mavsumning so‘nggi uchrashuvida “Ausburg” ustidan 2:1 hisobida safar quchdi.

Shu tariqa, “Bayer” Germaniya chempionatlari tarixida yuqori divizionda mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlagan yagona jamoa sifatida rekord o‘rnatdi.

Bundan tashqari, leverkuzenliklar o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempionaligiga sazovor bo‘ldi.

Jamoa joriy mavsum Bundesligada 34 ta uchrashuvdan 28 tasida zafar quchdi, olti marta durang o‘ynadi va biror marotaba mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. To‘plar nisbati ham 89:24 bo‘ldi.

Endi “Bayer” oldida ikki o‘yin turibdi. Xabi Alonso shogirdlari Evropa ligasi finalida “Atalanta” va Germaniya kubogi uchun hal qiluvchi bahsda “Kayzerslautern” bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!