
"Chelsi"ning olti futbolchisi Saudiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Londonning “Chelsi” jamoasi yozda bir guruh futbolchilari bilan xayrlashmoqchi, bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "artstokratlar"ning olti nafar futbolchisi Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Gap darvozabon Eduard Mendi, himoyachi Kalidu Kulibali, yarim himoyachilar Hakim Ziesh va Ngolo Kante, shuningdek, hujumchilar Romelu Lukaku va Per-Emerik Obameyang haqida ketmoqda.
London klubi o‘tgan mavsumdagi halokatli o‘yini uchun o‘z tarkibini jiddiy ravishda yangilamoqchi. "Chelsi" Angliya premer-ligasini 12 o‘rinda yakunladi.
Fikrlar