"Chelsi"ning asosiy transfer maqsadi ma’lum!

  • 10 iyun, 2022, 14:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" sardori Deklan Rays "Chelsi"ning yozgi transfer oynasi paytidagi asosiy nishoniga aylandi. Jurnalist Adam Nyusonning xabariga ko‘ra, “aristokratlar”ning yangi xo‘jayinlari bor e’tiborini futbolchining transferiga qaratmoqda

Tecno

Avvalroq, Rays "Vest Xem" bilan shartnoma uzaytirishdan to‘rt marta bosh tortgani aytilgan edi. Shundan so‘ng, Deklan jamoadan ketmoqchi bo‘lsa, "bolg‘achilar" futbolchi uchun taxminan 150 million evro talab qilishlari haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumot o‘rnida, "Transfermarkt" portali Angliya terma jamoasi a’zosini 75 million evroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Rays "Chelsi" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2015 yili “Vest Xem”ga o‘tgan. Xavbek yakuniga etgan mavsum APL doirasidagi 36 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 4 assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!