“Chelsi”ni olti futbolchini sotishga majbur qilayotgan yulduz kim?

  • 6 iyul, 2020, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer bozorida faollik ko‘rsatayotgan “Chelsi” ayni paytda “Bayer” yulduzi Kay Xavertsni olishga qattiq kirishdi.

Tecno

Abramovich jamoasi germaniyalik futbolchi uchun 90 million funt topishi kerak. Shuning uchun Frenk Lempard jamoasining olti nafar o‘yinchisidan voz kechishga tayyor.

“Chelsi” Bundesliga yulduzini olib kelish maqsadida Kenedi, Emerson, Markos Alonso, Deniel Drinkuoter, Mishi Batshuayi, Temue Bakayoko kabi o‘yinchilarni transferga qo‘yadi.

O‘z o‘rnida, “Chelsi” 21 yoshli futbolchi uchun katta miqdorda xarajat qilishga rozi bo‘lgan yagona jamoa hisoblanadi. Qolgan klublar Xaverts transferidan voz kechgan.

1534867344_220990_noticia_normal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!