
“Chelsi”ga yangi to‘purar kerak
“Chelsi” Angliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Gol urish borasida ham “aristokratlar”da muammo yo‘q.
Jamoa o‘nta uchrashuvda jami 26 ta to‘p kiritgan va bu borada faqat “Liverpul”da orqada. Bosh murabbiy Tomas Tuxel urilgan gollarda hujumchilarning hissasi kamligidan norozi. 26 ta goldan atigi to‘rttasi oldingi chiziq vakillari – Romelu Lukaku va Timo Verner hisobiga yozilgan, aksariyat g‘alabalar himoyachi va yarim himoyachilarning aniq zarbasi evaziga qo‘lga kiritilmoqda.
Shu bois, londonliklar qishki transferlar vaqtida “Torino” yulduzi Andrea Belottini olib kelmoqchi. Bu nomzodni bosh murabbiy Tomas Tuxel ham ma’qulladi.
Italiyalik hujumchining o‘zi “Torino”dan ketib, kuchliroq klublar to‘p surishga qarshi emas.
Fikrlar