“Chelsi” yulduzimizni qaytarib bersin!

  • 10 noyabr, 2021, 15:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati “Chelchi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan bog‘lanib, amerikalik yarim himoyachi Kristian Pulishichni ortga qaytarish bo‘yicha uning fikrini so‘ragan. Bu haqda TEAMTalk nashri xabar tarqatdi.

Tecno

23 yoshli yarim himochi 2019 yili “Borussiya”dan “Chelsi”ga transfer qilingan. Londonliklar Pulishichga ega bo‘lish uchun 57,6 million funt sarflagani ma’lum.

Biroq, amerikalik futbolchi Angliya premer-ligasiga moslasha olgani yo‘q. Qolaversa, Kristianning yangi jamoasida ko‘p jarohat olayotgani o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatish imkonini bermayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Pulishichning dortmundliklar safiga qaytishi o‘yinchining o‘ziga ham, “Chelsi” rahbariyatiga ham maqbul variant sifatida qabul qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirjalol Saidazimov
11/11/2021 17:02
Челчимикан ёки Челсими?