“Chelsi” va “Yunayted” 198 ta gol urgan hujumchini talashmoqda

  • 4 avgust, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi paytda kam gol urayotgani uchun grand klublar nazaridan chetda qolayotgan “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi “Chelsi” va “Manchester Yunayted” o‘rtasida talash bo‘lmoqda.

Tecno

Bu ikki klub 35 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. “Lester” moliyaviy  feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun bir necha o‘yinchisini sotib yuborishi kerak bo‘lyapti.

“Tulki”lar asosiy hujumchisidan tashqari darvozabon Kasper Shmeyxel, himoyachi Uesli Fofana va yarim himoyachi Jeyms Meddisonni qo‘yib yuborishga tayyor.

Jeymi Vardi klublar miqyosidagi faoliyatida 425 ta uchrashuv o‘tkazib, 198 ta gol urgan va 80 ta assist qayd etgan. Vardining bir yillik shartnomasi bor va uning transfer summasi 5 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!