
"Chelsi" va Feliks o‘rtasida qanday kelishuv mavjud?
«Chelsi» rahbariyati «Atletiko»dan ijaraga olingan hujumchi Joau Feliksni to‘liq sotib olishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, Feliksning "aristokratlar" bilan imzolagan ijara shartnomasida futbolchini ma’lum shartlar ostida to‘liq sotib olish imkonini beruvchi band mavjud. Ammo bundan avvalroq Joauning ijara kelishuvida sotib olish varianti ko‘zda tutilmagani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Feliks "Chelsi"dagi debyut o‘yinini "Fulxem"ga qarshi o‘tkazdi va qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Pportugaliyalik futbolchi shu tariqa 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Fikrlar