"Chelsi" Tyuramni sotib olishga tayyor, ammo bitta muammo bor

  • 12 yanvar, 2023, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi “Borussiya” Myunxengladbax hujumchisi Markus Tyuramni sotib olishga tayyor. Ammo, jurnalist Florian Plettenbergga ko‘ra, potentsial kelishuv yo‘lida bitta muammo bor.

Tecno

Gap shundaki, Tyuramning o‘zi mavsumlar oralig‘ida «Borussiya»ni tark etishni istamayapti. Frantsiyalik futbolchi mavsumni nemis klubida yakunlab, keyin erkin agent sifatida ketishni istamoqda. Balki “Chelsi” yaqin orada uning bu niyatini o‘zgartirishga harakat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tyuram Bundesliganing joriy mavsumida raqib darvozasiga 10 ta gol urdi. Unga «Barselona» va «Inter» ham da’vogarlik qilmoqda, ammo bu klublar futbolchini qishda emas, yozda erkin agentga aylanganda qo‘lga kiritmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!