
“Chelsi” tufayli “Liverpul”dan super hujumchidan quruq qoladi
“Chelsi” yozgi transfer vaqtida Timo Vernerni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Transfer summasi 49 million funtga baholanayotgan hujumchiga “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham da’vogar bo‘lmoqda. “Leyptsig” safida gol urishni kanda qilmayotgan Vernerning o‘zi liverpulliklar safiga qo‘shilishni istamoqda.
“Chelsi” Timo Vernerni o‘ziga jalb qilish uchun unga boshqalarga qaraganda ko‘proq o‘yin vaqti ajratishini va’da qilmoqda. Verner “Liverpul”ga o‘tadigan bo‘lsa APLga ko‘nikib ulgurgan Roberto Firmino bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
"Oltin butsa". Ronaldu va Messi taxtni topshirmoqda
Shomurodov “Napoli”, “Sevilya”, “Atletiko” hujumchilaridan oldinda!
Fikrlar