
“Chelsi” supertalant uchun to‘rt yulduzini bermoqchi
“Chelsi” mutasaddilari katta xarajatlarga qaramay, transfer bozoridagi faolligini hali to‘xtatmoqchi emas.
Londonliklar “Lion”ning ikki etakchisi Bredli Barkola va Rayan Sherkini olishni rejalashtirmoqda.
Frantsuz klubi Barkola bo‘yicha talabani ma’lum qildi. Ular o‘z etakchisini boshqa mahoratli futbolchilarga alishtirishni istayapti. Bu variant “Chelsi”ga yoqib tushdi.
Football London nashrining yozishicha, “aristokratlar” bu oldi-berdiga to‘rt futbolchisi – Romelu Lukaku, Kallum Xadson-Odoi, Mark Kukurelya va Malang Sarrni qo‘shishga tayyor.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino bu futbolchilarning asosiy tarkibga kirishiga hech qanday umid yo‘q ekanini ta’kidlamoqda.
Fikrlar