“Chelsi” qimmatbaho darvozabondan qutilish yo‘lini topdi

  • 9 aprel, 2024, 14:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” transfer qilgan qimmatbaho futbolchilar keyinchalik o‘zini oqlamagan holatlar odatiy holga aylanib qolgan.

Tecno

2018 yili “aristokratlar” 20 million evro turadigan ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalaga uchun “Atletik” jamoasiga 80 million evro to‘lagan. Tabiiyki, golkiperning maoshi ham shunga yarasha bo‘lgan.

Lekin Kepa qisqa fursatda asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Londonliklar anchadan beri undan qutila olmay yuribdi. Joriy mavsum boshida “Real” darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olganidan keyin madridliklar Kepani ijaraga olgandi.

Biroq Arrisabalaga “Real”dagi ichki raqobatda zaxira darvozaboni Andrey Luninga ham imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Inter Live nashrining xabar berishicha, “Inter” kelasi yozda Kepa Arrisabalagani transfer qilishni rejalashtirmoqda. Milanliklar ishi yurishmayotgan posbon uchun 15 million evro to‘lashi kerak.

“Chelsi” shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoladigan bu futbolchi transferiga ko‘nishi mumkin. Biroq Arrisabalaga maoshini keskin pasayishini qabul qilishi kerak. Chunki “Inter” o‘z futbolchilariga ANgliya klublaridagidek katta maosh to‘lamaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!