
"Chelsi" Potterning oldingi jamoasidan futbolchi olib kelmoqchi
"Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo "Chelsi"ning nishoniga tushdi, deb yozadi jurnalist Din Jons.
London klubi 21 yoshli yarim himoyachini yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi.
Muzokaralarga "aristokratlar" bosh murabbiyi Grem Potter kirishgan. Buning sababi esa Potter oldin "Brayton"ning sobiq bosh murabbiyi bo‘lgan va Kaysedoning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Eslatib o‘tamiz, ekvadorlik xavbekning "Brayton" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 38 million evroga baholamoqda.
Fikrlar