"Chelsi" Palmerning jarohatdan tezroq qaytishi uchun maxsus oyoq kiyim tayyorlatdi
"The Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, "Chelsi" Koul Palmerning tiklanish jarayonini tezlashtirish maqsadida unga maxsus oyoq kiyim tayyorlatdi. Bu chora o‘ng oyog‘idagi barmoq jarohatidan tezroq forig‘ bo‘lishga yordam berishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Palmer chorshanba kuni uyida barmog‘ini urib olgan va unda kichik yoriq aniqlangan.
Manbaga ko‘ra, klub futbolchining ortga qaytishini tezlashtirish uchun jarohatlangan barmoqqa tushadigan bosimni yumshatadigan maxsus oyoq kiyim (butsi) tayyorlagan. Shu tufayli Palmer kelasi haftadayoq maydonga qaytishi mumkinligi aytilmoqda.



Fikrlar