“Chelsi” o‘n nafar futbolchini transferga qo‘ydi

  • 4 avgust, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yozda tarkibda katta tozalash ishlarini amalga oshiradi. Bosh murabbiy Tomas Tuxel klubni tark etishi kerak bo‘lgan o‘n nafar futbolchi ro‘yxatini rahbariyatga tadbiq etdi.

Tecno

Aslida “Chelsi” Angliyada eng ko‘p o‘yinchisini ijaraga beradigan klub hisoblanadi. Biroq, UEFA  bir mavsumda boshqa jamoalarga ijaraga beriladigan futbolchilar soniga cheklov joriy qilganidan keyin “aristokratlar” bir guruh o‘yinchilarini butunlay qo‘yib yuborishga majbur bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Tuxel asosan himoyaviy o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilardan voz kechmoqda. Birinchilardan bo‘lib, dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga ketishi kerak. Shuningdek, Kurt Zuma, Markos Alonso, Emerson Palmieri, Davide Dzappakosta kabi himoyachilar ham o‘ziga yangi jamoa topishi shart.

Tuxelga maydon markazi vakillari orasidan Ross Barkli, Denni Drinkuoter va Temue Bakayoko ham kerak emas. Maraziy hujumchilardan Temmi Abraxam va Mishi Batshuayi agentlari o‘z mijozlariga yangi ish joyi qidirishni boshlab yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!