
"Chelsi" muxlislari uchun xushxabar!
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Loftus-Chik jahon chempionatidan oldin jarohat olgan edi. Bungacha u asosiy tarkibda premer-ligada ketma-ket 6 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Loftus-Chik joriy mavsum ham markaziy yarim himoyachi, ham o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynadi.
Bundan avvalroq Loftus-Chik A Seriyaga o‘tishi, uning xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirayotgan haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar