“Chelsi” “Lester” himoyachisi uchun dahshatli summa taklif qilmoqchi

  • 5 avgust, 2022, 15:32
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Lester" himoyachisi Uesli Fofana bo‘yicha taklifni oshirishga tayyor, deb xabar beradi “The Sun” nashri.

Tecno

Londonliklar avvalroq 62 million funt sterling evaziga futbolchini sotib olmoqchi ekanligini bildirgan edi, biroq bu “tulkilar” rahbariyati tomonidan rad etilgan. Endilikda "Chelsi" 21 yoshli frantsuz uchun "Lester"ga 85 million funt taklif qilishga tayyor.

Xarri Maguayrning 2019 yilda “Lester”dan “Manchester Yunayted”ga 78,3 million funt sterling evaziga o‘tib, futbol tarixidagi eng qimmat sotilgan himoyachi bo‘lgan edi. Agar “aristokratlar” bu xaridni amalga oshirsa, chempionat tarixdagi eng qimmat himoyachiga ega bo‘lishi mumkin.

Fofananing "tulkilar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Himoyachi o‘tgan mavsumda "Lester"ning barcha turnirlar doirasidagi 11 o‘yinida maydonga tushib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!