“Chelsi” katta haridlarni amalga oshirishi mumkin

  • 11 iyul, 2022, 12:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yozgi transfer oynasi paytida himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun bir qancha xaridlarni amalga oshirishi mumkin.

Tecno

“Evening Standard” nashri xabariga ko‘ra, “aristokratlar” yangi mavsum oldidan kamida ikkita markaziy himoyachini sotib olishni mo‘ljallamoqda.

London klubi “short-listi”dan "Bavariya" futbolchisi Dayo Upamekano, "Yuventus" a’zosi Matteys de Ligt va "Sevilya" etakchisi Jyul Kunde kabi himoyachilar joy olgan.

Qayd etilishicha, londonliklar xo‘jayini Todd Boeli de Ligtning transferi borasida muzokaralar olib borgan, biroq “ko‘klar” rahbari “keksa sinora” futbolchisi bo‘yicha jiddiy raqobatga duch kelishidan xabardor. Sababi, gollandiyalikka “Bavariya” ham qiziqish bildirgan

Biroq Matteysning Myunxen klubiga o‘tishi Upamekanoning “Bavariya”dan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, “Chelsi” hozircha vaziyatni chetdan kuzatib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!