“Chelsi” jamoani qutqaradigan hujumchi oladi

  • 6 sentabr, 2023, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida katta xarajatlar qilganiga qaramay, Maurichio Pochettinoga raqobatbardosh tarkibni shakllantirish ancha qiyin bo‘lyapti.

Tecno

“Aristokratlar” chempionatning dastlabki to‘rtta uchrashuvidan uchtasida ochko yo‘qotdi. “Liverpul” Londondan bir ochko bilan qaytgan bo‘lsa, “Vekst Xem” va “Nottingem Forest” futbolchilari “Chelsi”ni nokautga uchratdi.

Maurisio Pochettino kelub rahbariyatida yaxshi hujumchi olib berishni so‘ragan. Evening Standard nashriga ko‘ra, “Chelsi” mutasaddilari “Brenford” forvardi Ayvan Tonini nishonga oldi.

27 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda  qimorga pul tikkani uchun sakkiz oyga futboldan chetlatilgan edi. Uning diskvalifikatsiyasi 16 yanvar kuni yakunlanadi.

Toni o‘tgan yili “Brentford” tarkibiga barcha turnirlarda 35 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!