“Chelsi” ikki darvozabondan voz kechdi. O‘rniga zo‘ri keladi

  • 10 fevral, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari jamoaga yangi darvozabon olib kelishga qaror qildi. Offside Football nashrining ma’lum qilishicha, londonliklar Angliya terma jamoasi posboni Jordan Pikfordni ko‘zladi.

Tecno

Pikford o‘ynayotgan “Everton” autsayderlar qatoriga tushib qolgan. Mavsum oxirida Premer-ligadan tushib ketishi mumkin. Shu bois, jamoa posboni Pikfordga “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” tomonidan chorlov bo‘lyapti.

“Aristokratlar” yozda Kepa Arrisabalaga va Eduar Mendini sotib yuborishga tayyor. Ularning o‘rnini Pikford egallashi kutilmoqda.

“Sanderlend” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Pikford 2017 yildan beri “Everton” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!