"Chelsi" harakatni boshlab yubordi

  • 12 oktabr, 2022, 21:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Sandro Tonali kelasi yozda Angliya chempionati klubiga щtishi mumkin. "Calciomercatoweb" nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Manbada yozilishicha, "Chelsi" Sandro Tonalini shartnoma imzolashga jiddiy harakat qilib ko‘radi. Sababi, London klubi Jorjino va Ngolo Kantening ketishiga hozirlik ko‘rmoqda. Bu futbolchilarning shartnomalari mavsum oxirida tugaydi.

Sandro Tonaliga kelsak, uning milanliklar bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali 22 yoshli yarim himoyachini 50 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, oktyabr oyida Sandro Tonali Chempionlar ligasi doirasida "Chelsi"ga qarshi ikkita o‘yinda ham to‘liq harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!