"Chelsi" hali hamon "Barselona" yarim himoyachisini kuzatib bormoqda
"TEAMtalk"ning xabar berishicha, "Chelsi" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda va londonliklar diqqat bilan kuzatayotgan futbolchilardan biri — "Barselona" jamoasida o‘ynayotgan Mark Kasado hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Chelsi" 22 yoshli Kasadoni jamoaning hozirgi tarkibiga juda mos tushadi, deb hisoblamoqda. Mashhur futbol portali Transfermarkt esa Mark Kasadoning bozor qiymatini 30 million evroga teng deb baholagan.
Kasado "Barselona" safida o‘yin amaliyotiga ega, biroq asosiy tarkibda doimiy joy olmaydi. 2025/2026 yilgi mavsumda u 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir golli pas qayd etgan.



Fikrlar