"Chelsi" futbolchisi Lamin Yamal ustidan kuldi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida "Chelsi" o‘z maydonida "Barselona"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Londinliklar darvozaboni Robert Sanches ushbu o‘yin davomida Mark Kukurelya va Lamin Yamal o‘rtasidagi duel haqida fikr bildirdi.
"Kukurelya Yamalni cho‘ntagigi solib qo‘ydi. “Barselona” Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun da’vogar emas. Biz esa asosiy da’vogarmiz", — dedi Sanches.
Ma’lumot uchun, ayni paytda "aristokratlar" turnir jadvalida 10 ochko to‘plab, 5-o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar esa 7 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar