“Chelsi” Bellingemning “shov-shuvli” transferini amalga oshirmoqchi

  • 9 may, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari Angliyaning eng iqtidorli futbolchilaridan hisoblangan Job Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Job “Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi. Yosh iste’dod egasiga “Qirollik klubi” ham ko‘z tikkan va yaqin kelajakda aka-ukani birga o‘ynatmoqchi.

18 yoshli Job “Sanderlend”ning hujumkor futbolchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u Chempionshipda 45 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga ettita gol yozdirib qo‘ydi.

“Chelsi” Jobni olishi uchun “Real”dan tashqari “Borussiya Dortmund” bilan ham raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumki, Jobning akasi Judning jahon futboli darajasiga ko‘tarilishida iqtidorlar bilan ishlashni biladigan dortmundliklarning hissasi katta bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!