
"Chelsi", "Arsenal" va "Roma" 19 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun kurash boshladi
"Feyenoord" klubi hujumkor yarim himoyachisi Orkun Kekchyu Evropa grandlarini qiziqtirib qo‘ydi.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 19 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun "Chelsi", "Arsenal", "Roma", "Atalanta" va "Betis" jamoalari da’vogarlik qilishmoqda. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.
Kekchyu joriy mavsum "Feyenoord" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar