
“Charm to‘p-2019”. Namangan viloyati g‘olibi aniqlandi
16-18 avgust kunlari Namangan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Charm to‘p” an’anaviy musobaqasining 1- va 2-bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 12 ta tuman jamoalari 3-boskichda o‘zaro bellashishdi. Bu haqda jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Finalda Yangiqo‘rg‘on tumanining “Navkent” MFYsi va Norin tumanining “Do‘stlik” MFYlari bellashdilar. Asosiy o‘yinda 1:1 hisob bilan durrang natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida Yangiqo‘rg‘on 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fikrlar