
Charlstonda tennis malikalari jam bo‘ldi
Charlston shahrila 1-7 aprel kunlari ayollar o‘rtasida "Volvo Car Open" musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turnirda amerikanlik Sloan Stivens birinchi raqamli tennischi sifatida e’tirof etildi va ispanyalik Sara Sorribes-Tormo va vengeriyalik Fanni Stollar uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Gollandiyalik Kiki Bertens esa ikkinchi raqam ostida saralanib, ilk uchrashuvini saralashdan o‘tgan tennischiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.
Qur’a natijasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin
Fikrlar