
"CAFA women's championship-2022". O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan o‘ta yirik g‘alaba!
"CAFA women's championship-2022" musobaqasi doirasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Unda vakilalarimiz yirik 5:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda gollarga Shahrizoda Zaynitdinova, Zarina Mamatkarimova (dubl), Aziza Norboeva, Kamila Zaripova va Soliha Husniddinova mualliflik qildi. Qo‘shnilarimiz bu bahsni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Fikrlar