
"CAFA Nation's Cup". O‘zbekiston - Tojikiston: Abbos Fayzullaev terma jamoa safidagi ilk golini urdi! (Matnli translyatsiya)
Ayni vaqtda "CAFA Nation's Cup" turniri doirasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston bahsi start oldi. Mazkur bellashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Jamoalar stadionga chiqib keldi. Ikki mamlakat madhiyasi yangradi!
1. Uchrashuvga start berildi! O‘zbekiston oq, Tojikiston esa qizil rangli liboslarda harakat qiladi.
3. O‘zbekiston ilk daqiqalardan kutilganidek hujumkor o‘yin namoyish etmoqda.
4. 7-raqamli futbolchi Parviz Umarboevning zarbasi darvozamizga aniq etib bormadi.
7. Yaxshiboevning zarbasi raqib posboni uchun ortiqcha muammo tug‘dirmadi.
9. Jamoamizning ajoyib kombinatsiyasini raqib himoyachilari to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi.
11. Qo‘shnilarimiz to‘pni o‘zida nazorat qilib turibdi.
13. GOL! Tojikiston uchrashuvda hisobni ochdi! Parviz Umarboev jarima zarbasidan gol urib ketdi.
18. Tojikistonning hujumlari xavfli ko‘rinish olmoqda.
20. Umarboev yana darvozamizni ishg‘ol qilishga urinib ko‘rdi. Uning bosh bilan bergan bu safargi zarbasi noaniq ko‘rinish oldi.
23. Tojikiston himoyaga qaytdi. Raqib endi qarshi hujumlardan omadini sinab ko‘rishga qaror qilgan ko‘rinadi.
25. Jasur Yaxshiboev ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.
27. Abdulla Abdullaev maydon markazida raqibga nisbatan qo‘pol harakat qildi.
30. Suv ichib olish uchun tanaffus!
31. Uchrashuv davom etadi.
33. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev raqib jarima maydoni atrofida o‘yin qoidasini buzdi.
35. Bobir Abdixoliqov to‘p uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi.
38. Burchak zarbasi ijro etamiz. To‘p oldida Yaxshiboev.
40. Exxxx... O‘ta qulay imkoniyatdan gol ura olmadik.
42. Mehmonlar tarkibida Alisher Jalilov va Amir Jo‘raboev hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
43. Bobir Abdixoliqov Jamshid Iskanderovning zargarona uzatmasini ko‘kka sovurdi.
45. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo‘shib berildi.
45+2. Dilshod Saitov boshi bilan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga gol ura olmadi.
45+3. Qulay imkoniyatlardan gol ura olmagan vakillarimiz birinchi taymdan so‘ng mag‘lub bo‘lmoqda - 0:1. Taym yakuniga etdi.
46. Ikkinchi taym oldidan tarkibimizda naq 3 ta o‘zgarish ro‘y berdi. Abdulla Abdullaev, Jamshid Iskanderov va Jamshid Boltaboev o‘rniga Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullaev va Odil Hamrobekov o‘yinni davom ettiradi.
46. Ikkinchi bo‘limga start berildi.
49. Afsus... Yaxshiboev bo‘sh qolgan darvozani ishog‘ eta olmadi.
51. Tojikiston vakili Parviz Umarboevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
53. GOOOOOOOOOOOOOL! Jasur Yaxshiboev nihoyat muvozanatni tikladi. U kuchli zarbasi bilan hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Barakalla, yigitlar!
55. Penaltiiiii. Jamoamiz 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshiradi. To‘p oldida Eldor Shomurodov!
56. GOOOOOOOL! Eldooooor Shomurodov nuqtada adashmadi. Jamoamiz tezda ikki gol urib, hisobda oldinga o‘tib oldi!
60. Tojikiston termasi to‘p uzatishlarda kichik xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi.
63. Saitovni raqib himoyachilari vaqtida to‘xtatib qoldi.
64. Uxxx... Shomurodovning bosh bilan yo‘llagan zarbasini raqib darvozaboni qaytarib qoldi.
66. Tojikiston terma jamoasi tarkibida ikkita o‘zgarish amalga oshirildi.
68. Yo‘ldoshevning zarbasi noaniq ko‘rinish oldi.
72. GOOOOOOOOOOL! Abbosbek Fayzullaev milliy terma jamoa safida o‘zining ilk golini urdi. Ofarin!
76. Suv ichib olish uchun tanaffus!
80. Oston O‘runovning kuchli zarbasi raqib futbolchilariga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
82. Uxxx... Alibek Davronov bosh bilan gol urib ketishi mumkin edi.
83. GOOOOOOOOOOOOL! Xojimat Erkinov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
88. Ikki jamoa futbolchilariga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
90. Asosiy vaqtga 6 daqiqa qo‘shib berildi.
90+4. GOOOOOOOOOOL! Oston O‘runov penaltidan unumli foydalandi va hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi!
90+6. Uchrashuv tugadi. Yakuniy hisob - 5:1.
Fikrlar