
Byanka Andreesku "Volvo Car Open" o‘tkazib yuboradi
Charlston shahrida 1-7 aprel kunlari ayollar o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 823,000 AQSh dollari bo‘lgan "Volvo Car Open" turniri o‘tkaziladi.
Mazkur nufuzli musobaqada kanadalik tennischi Byanka Andreesku kutilmaganda ishtirok eta olmasligi haqida e’lon qildi.
Uning bunday qarorga kelishiga sabab, uning elkasidan olgan jarohati bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Byanka Mayamida Anett Kontaveytga qarshi o‘tgan o‘yinni so‘nggiga qadar etkaza olmagan edi.
Fikrlar