
Buxorodagi super turnirda jang qiluvchi juftliklar ma’lum (Foto)
5 aprel kuni Buxoro shahri ajoyib, o‘ziga xos jang kechasiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur kechaning o‘ziga xosligi shundaki, unda to‘rtta sport turidan ya’ni, professional kikboksing, ushu sanda, MMA hamda kombat aykido bo‘yicha to‘rttadan jami, 16 ta jang tashkil qilinadi.
O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Muzaffar Rajabov boshchiligida hokimlik faoliyati mobaynida Buxoro hamda yurtimizning ravnaqi uchun katta xizmat ko‘rsatgan O‘ktam Barnoev hamda Karim Kamolovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanib o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro turnirda asta-sekinlik bilan jang qiluvchi juftliklar aniqlanib bormoqda.
Hozirga qadar, professional kikboksing va MMA yo‘nalishida jang qiluvchi quyidagi juftliklar ma’lum bo‘lib ulgurdi. Qolgan ishtirokchilarni ham tez orada ma’lum qilib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar