
"Buxoro" bilan xayrlashgan futbolchi faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin
Sports.uz sayti orqali “Buxoro” klubi sardori hamda etakchisi Dilshod Jo‘raevning klub bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgani sababli u erdan ketgani to‘g‘risida ma’lum qilgandik.
Futboli bu xususida Sports.uz saytiga intervyu berdi va unda keyingi rejalari xususida ham to‘xtalgan bo‘lib, futbolchi faoliyatini Evropada davom ettirishi ham mumkin.
Boisi, Rossiya birinchi divizioni hamda Turkiyadan qiziqishlar mavjudligi yuzasidan Jo‘raev saytimizga aytib o‘tdi.
Ayni paytda bu borada agentlar ish olib borishayotganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi. Uning o‘zi ham faoliyatini legioner sifatida chetda davom ettirishga rozilik bildirgan.
Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar