
"Buxoro" - OKMK bellashuvi Olmaliqda o‘tkaziladi
O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Buxoro" - OKMK o‘yini 25 iyun kuni Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
"Buxoro" klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo‘lmaganligidan kelib chiqib, jamoalar uchrashuvni OKMK sport majmuasida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, turnirning 1/8 final bahslari 8 iyunda start olgan. Keyingi bosqich uchun yo‘llanmani hozircha faqatgina "Dinamo" klubi qo‘lga kiritgan.
Fikrlar