
BUUUM! Cheran "Paxtakor"dan ketyapti! Unga Osiyo grandidan taklif bor
"Paxtakor" legioneri Dragan Cheran faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, serbiyalik futbolchiga Eronning "Persepolis" jamoasidan taklif kelib tushgan. Katta ehtimol bilan "sherlar" uni sotishga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Dragan 2018 yilda Qarshining "Nasaf" jamoasidan "Paxtakor" safiga kelib qo‘shilgandi. U poytaxt klubi safida jami 91 ta uchrashuvda maydonga tushib, 63 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar