Butunjahon universiadasi. Taekvondochilarimiz yana bir kumush medalga ega chiqdi

  • 1 avgust, 2023, 16:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xitoyning Chendu viloyatida Butunjahon Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Hozirgina taekvondo bo‘yicha -58 kg vazn toifasida oltin medali uchun o‘tkazilgan final bahsi yakunlandi. Unda terma jamoamiz a’zosi Amirbek To‘raev eronlik Alirizo Husaynpur bilan to‘qnash keldi.

Hal qiluvchi bahsda hamyurtimizga afsuski, biroz omad etishmadi. Shunday bo‘lsa-da, Amirbek o‘zining debyut ishtirokidayoq delegatsiyamiz hisobiga kumush medalini keltirdi.

Qayd etish joiz, bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Chendu Universiadasida qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi kumush medal bo‘ldi.

Taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!