
Butunjahon armiya o‘yinlari. Shunqor Abdurasulovdan ishonchli g‘alaba
Xitoyning Uxan shahrida davom etayotgan Butunjahon armiya o‘yinlarida boks bo‘yicha hamyurtimiz Shunqor Abdurasulov engil vazn toifasida venesuelalik raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
Birinchi round natijasiga ko‘ra, 3 ta hakam Abduraslovning g‘alabasiga ochkolarni yozishgan edi. Ikkinchi roundda hamyurtimiz raqibini texnik nokaut bilan taslim qildi.
Shunqor Abdurasulov chorak final jangini ertaga xitoylik Shan Yunga qarshi o‘ktazadi.
Fikrlar