
Butunjahon armiya o‘yinlari. Shunqor Abdurasulov yarim finalda!
Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda. Unga ko‘ra, boks bo‘yicha hamyurtimiz Shunqor Abdurasulov -60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarildi.
Abdurasulovning xitoylik raqibi Shan Jyun nimchorak finalda braziliyalik Felipe Sanchesni mag‘lub etgan edi.
Hamyurtimiz chorak finalda Shan Jyunga qarshi qiyin jangni o‘tkazdi. 1 va 3-hakamlar xitoylik bokschining foydasiga 29:28, 30:27 ochkoni taqdim etgan bo‘lishsa, 2,4 va 5-hakamlarning 27:30, 27:30, 28:29 ko‘rinishidagi ochkolari Abduraslovning 2:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab berdi.
Endi, Shunqor Abdurasulov 25 oktyabr kuni yarim finalda rossiyalik Shaxriyor Ahmedovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar