
Butunjahon armiya o‘yinlari. Maftuna Ergasheva bronza medali uchun dayanga chiqadi
Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda. Bugungi kungi musobaqalarda to‘rt nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
+87 kg vazn toifasida Dmitriy Shokin musobaqani nimchorak finaldan boshladi va ekvadorlik Fayardo Xuakonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 21:1. Afsuski chorak finalda Shokinga xitoylik Jian Tian bilan bahsda ozginagina omad etishmadi - 22:24.
-73 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Maftuna Ergasheva ham musobaqani chorak finaldan boshladi. Afsuski Ergasheva xitoylik Li Chenga qarshi bahsda yutqazib qo‘ydi. Birozdan so‘ng Maristella Smiralyaga bilan bronza medali uchun jang qiladi.
Fikrlar