
Butunjahon armiya o‘yinlari. Madinabonu Mannopova - chempion!
-49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Madinabonu Mannopova Butunjahon armiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi! Finalda misrlik Abdelsalam Nur dayanga chiqmadi va hamyurtimiz musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Mannopova chorak finalda xitoylik Zaoyi Lini (9:7), yarim finalda esa germaniyalik Ela Aydinni (11:9) mag‘lubiyatga uchratib finalga chiqqandi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar