
Butunjahon armiya o‘yinlari. Bilolbek Mirzarahimov ham g‘alaba qozondi
Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon armiya o‘yinlarida hamyurtimiz Bilolbek Mirzarahimov tunislik raqibi Mehri Ahmedni mag‘lubiyatga uchratdi.
5 raund davom etgan jangning barcha raundlari hamyurtimiz foydasiga hal bo‘ldi va Mirzarahimov 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
E’tiborli tomoni, 1-2-3-hakamlar 30:27, 4-hakam 29:28 va 5-hakam ham 30:27 ko‘rsatkich bilan Mirzarahimov foydasiga hal bo‘ldi.
Fikrlar