“Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyini Parij Olimpiadasida 500 ming evroga “uxlatib” ketishdi

  • 26 iyul, 2024, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2008 yili “Bunyodkor”ga bosh murabbiylik qilgan braziliyalik futbol yulduzi Ziko Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, Ziko Parijda taksi xizmatidan foydalangan va sumkasini mashinaning orqa o‘rindig‘iga qo‘ygann. Biroq uning buyumlarini o‘marib ketishgan.

O‘g‘rilar olgan sumga ichida Rolex soati, brilliant braslet  va 2 ming evro miqdorida naqd pul bo‘lgan. Ziko umumiy hisobda 500 ming evro ziyon ko‘rgan.

Zikodan o‘g‘rilangan narsalarni qidirishga politsiya xodimlari jalb etildi. 

Avvalroq, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano mashg‘ulot joyidan futbolchi Tyago Almadaning buyumlari o‘g‘rilab ketilgani haqida bayonot bergandi. O‘g‘rilangan narsalar 50 ming evro turishi aytildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!