
"Bunyodkor"ning "Al-Vahda"ga qarshi o‘yin sanasi o‘zgardi
Xabar berganimizdek, «Bunyodkor»ning Abu Dabi shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi.
Kecha erta tongda Toshkent-Dubay-AbuDabi yo‘nalishida safarga chiqqan «qaldirg‘ochlarimiz» tushdan so‘ng manzilga etib bordi va mashg‘ulot o‘tkazishga ham ulgurdi.
Rejaga ko‘ra jamoamiz bugun mahalliy «Al Vahda» klubiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushishi kerak edi. Biroq tomonlarning xohishi sababli uchrashuv sanasi o‘zgardi. Jamoalarning o‘zaro kelishuviga asosan «Bunyodkor» - «Al Vahda» bahsi ertaga, 16 yanvar kuni o‘tkaziladi. Bellashuvning boshlanish vaqti va o‘yin o‘tkaziladigan stadion haqida keyinroq ma’lumot beramiz.
“Bunyodkor” matbuot xizmati.
Fikrlar