
"Bunyodkor" Superligada 10 ta o‘yindan so‘ng g‘alaba qozondi
10 – 13 avgust kunlari Superligada 16-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Shulardan biri "Bunyodkor" va "Andijon" klubilari o‘rtasida kechdi.
Toshkentliklar dastlab gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, keyinchalik 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, kambek amalga oshirdi.
Shu tariqa, “Bunyodkor” uzoq kutgan g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Qaldirg‘ochlar” oxirgi marta 5-turda “Buxoro”ni taslim etgandi. Jamoa 10 ta o‘yindan keyin zafar quchdi.
5-tur. "Buxoro" - "Bunyodkor" 0:2
6-tur. "Bunyodkor" - "Nasaf" 1:1
7-tur. "Surxon" - "Bunyodkor" 1:0
8-tur. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 2:0
9-tur. "Bunyodkor" - "Olimpik" 1:1
10-tur. "Neftchi" - "Bunyodkor" 1:0
11-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 1:5
12-tur. "Metallurg" - "Bunyodkor" 1:1
13-tur. "Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:2
14-tur. "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" 0:2
15-tur. "Bunyodkor" - OKMK 1:1
16-tur. "Bunyodkor" - "Andijon" 2:1
Fikrlar